04 avg 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenko raqibasini muddatidan avval engdi
Xabar berganimizdek, AQSHning Nyu-Jersi shtati Nyuark shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC on ESPN 5 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning qiziqarli janglaridan birida qirg'izistonlik UFC chempioni Valentina SHevchenkoning singlisi Antonina SHevchenko chexiyalik Lyusi Pudilovaga qarshi oktagonga chiqdi. Engil vaznda o'tgan ushbu jangda SHevchenko muddatidan avval g'alabaga erishdi.
Jangning ikkinchi raundida Antonina raqibasini bo'g'ish usuli bilan engdi. Referi Pudilova xushini yo'qotib qo'yganidan keyingina jangni to'xtatdi. SHevchenko UFC dagi uchinchi jangida ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar