09 mar 13:53
        Yangiliklar	
	
				
				    Futbol			    
				 
				
			 
				SHifokor o'limi sababli qoldirilgan "Barsa" - "Osasuna" o'yini uchun ehtimoliy sanalar malum bo'ldi
"Barsa" La Liganing qoldirilgan "Osasuna"ga qarshi o'yinini 26 aprel yoki 21 may kuni o'tkazishi mumkin.
			Agar kataloniyaliklar Ispaniya kubogi va CHempionlar ligasi finaliga chiqsa, unda o'yin 21 may kuni bo'lib o'tishi mumkin.
Agar "blaugrana" ECHL 1/8 finalidan chiqib ketsa va kubok finaliga chiqa olmasa, Pamplona klubi bilan uchrashuvni 26 aprel kuni - mamlakat kubogi uchun hal qiluvchi o'yin kuni o'tkazish mumkin.
Dastlab "Barselona" - "Osasuna" uchrashuvi kecha bo'lib o'tishi kerak edi, ammo o'yin mezbonlar tibbiy shtabi azolaridan birining vafoti tufayli qoldirildi.
Ispaniya kubogining birinchi yarim finalida "ko'k-anorranglilar" o'z maydonida "Atletiko" bilan 4:4 hisobida o'ynadi, ECHL 1/8 finalining birinchi o'yinida esa mehmonda "Benfika"ni mag'lub etishdi (1:0).
            Havola            :         
                    Manba                : Football Espana
             
			
Fikrlar