06 dek 13:23
Yangiliklar

SHifokorlar komadagi Adonisning holati yuzasidan bayonot berishdi
Kanadalik bokschi ayni paytda ushbu tibbiyot muassasasining jonlantirish bo'limida koma holatida yotibdi. Markaz xodimlari bokschining oila azolari iltimosiga ko'ra Stivensonning holati yuzasidan bayonot berishdi.
“Stivenson shanbadan yakshanbaga o'tar kechasi operaciya qilindi. O'shandan beri u jonlantirish bo'limida qolyapti. U bosh miyasidan jiddiy jarohat olgan. Bokschining holatini barqaror deyish mumkin, lekin hamon xavf ortda qolgani yo'q”, - deydi jonlantirish bo'limi bosh shifokori.
Eslatib o'tamiz, ukrainalik Aleksandr Gvozdik Adonis Stivensonni nokautga uchratib, kanadalik bokschining chempionlik kamariga ega chiqqandi. Nokautdan so'ng ringda o'ziga kelgan Adonisning kiyinish xonasida ahvoli yana og'irlashgan va buning natijasida shifoxonaga olib ketilgan edi.
Fikrlar