13 apr 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

SHilds - Xammer jangi g'olibasiga maxsus WBC kamari topshiriladi
Xabar berganimizdek, bizning vaqt bilan ertaga AQSHning Atlantik-Siti shahrida professional boks kechasi tashkil etiladi.
Oqshom doirasidagi markaziy janglarning birida o'rta vazn toifasidagi jahon chempionlari Klarissa SHilds va Kristina Xammer o'zaro to'qnash kelishadi.
Butunjahon boks uyushmasi (WBC) o'z ananasiga sodiq qolgan holda ahamiyatga molik janglar uchun maxsus chempionlik kamarini tayyorlab qo'ydi. Pushti rang chempionlik kamari mutloq jahon chempioniga taqdim etiladi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar