05 noy 15:55
Yangiliklar
Tennis
SHin reytingda o'zidan 1118 pog'ona quyidagi tennischiga yutqazib qo'yishiga bir bahya qoldi
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada hamyurtimiz Maksim SHin ham o'z imkoniyatini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning uchinchi raketkasi 1/16 final uchrashuvida italiyalik Andrea Mottani qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 5/7, 6/2, 7/6(6). Hal qiluvchi uchinchi setda SHin 1/4 hisobida ortda borayotgandi.
Taqqoslash uchun, Maksim SHin ATP reytingida 987, Andrea Motta esa 2168-o'rinni egallab turibdi. Ertaga hamyurtimiz 1/8 finalda turnirning oltinchi raketkasi ruminiyalik Adrian Andreeskuga qarshi kortga chiqadi. Dunyonng 550-raketkasi bo'lib turgan Andreesku bugun 1/16 finalda vatandoshi Daniel Utani 6/4, 2/6, 7/6(5) hisobida taslim etdi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar