09 okt 08:35
Yangiliklar
Tennis

SHin SHarm El-SHeyxda muvaffaqiyatli start oldi
Misrning SHarm El-SHeyx shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Sharm ElSheikh 12 musobaqasida hamyurtimiz Maksim SHin ham ishtirok etyapti. Mamlakatimizning uchinchi raketkasi 1/16 finalda hindistonlik Muthu Aditiya Sentilkumarni 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
ATP reytingida 1018-pog'onada borayotgan terma jamoamiz azosi bugun 1/8 finalda slovakiyalik Mixal Kraychiga qarshi kortga chiqadi. Turnirda 6-raqam ostida tasniflangan Kraychi ayni paytda ATP reytingining 653-pog'onasidan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar