09 okt 14:32
Yangiliklar
Tennis

SHin SHarm El-SHeyxda reytingda o'zidan 365 pog'ona yuqoridagi raqib sinovidan o'tdi
Misrning SHarm El-SHeyx shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Sharm ElSheikh 12 musobaqasida hamyurtimiz Maksim SHin ham ishtirok etdi. Mamlakatimizning uchinchi raketkasi 1/16 finalda hindistonlik Muthu Aditiya Sentilkumarni 6/4, 6/2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Afsuski, ATP reytingida 1018-pog'onada borayotgan terma jamoamiz azosi 1/8 finalda slovakiyalik Mixal Kraychiga 4/6, 0/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Turnirda 6-raqam ostida tasniflangan Kraychi ayni paytda ATP reytingining 653-pog'onasidan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar