23 apr 09:20
Yangiliklar
Og'ir atletika, Boshqalar
SHirinov Osiyo chempionatida 1 ta oltin, 2 ta bronza medalni qo'lga kiritdi
Gongkong shahrida o'tkazilayotgan pauerlifting bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi atletlari ham ishtirok etmoqda.
Qita birinchiligida yurtimiz sharafini Evgeniy Kapralov, Kemran SHirinov, Sergey Fotiev va Konstantin Xardin himoya qilishmoqda. Kecha erkaklar o'rtasida kechgan bahslarda -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Kemran SHirinov bir yo'la 3 ta medalni qo'lga kiritdi.
U o'tirib turishda 237,5 kg toshni o'ziga bo'ysundirib oltin, yotgan holda toshni ko'tarishda 185 kg natija bilan bronza medaliga ega chiqdi. Toshni erdan uzish bahsida 237,5 kg ko'rsatkich qayd etib, uchkurash natijasiga ko'ra 660 kg natija bilan uchinchi o'rinni egalladi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar