05 may 07:28
Yangiliklar
Boks/MMA

SHlemenko Viskardi Andradeni nokautga uchratdi
Rossiyaning CHelyabinsk shahrida aralash qoidalar bo'yicha RCC 6 oqshomi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida rossiyalik Aleksandr SHlemenko Viskardi Andradega qarshi oktagonga chiqdi. SHlemenko birinchi raundda kuchli zarba o'tkazib yuborishi natijasida qiyin vaziyatga tushib qoldi.
Lekin tezda o'ziga kelib oldi va keyingi raundlarda ustunlikni o'z tomoniga og'dirib oldi. Uchinchi raundda Andrade bir necha bor nokdaunga uchradi. Natijada referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Havola :
Fikrlar