So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

26 okt 12:09
Yangiliklar

Bolalar sporti

SHofirkonliklarning quvonchi cheksiz

Teglar :  SHofirkonBuxoro
Buxoro viloyati SHofirkon tumani Markaziy o'yingohi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi sektor rahbarlari, tuman aholisi, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar qatnashdi. Tantanali marosimda so'zga chiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov shofirkonliklarni zamonaviy qiyofaga kirgan sport majmuasining foydalanishga topshirilgani bilan qutladi. 

Takidlanganidek, tarixi bir necha ming yillarga tutash qadim SHofirkon zamini azaldan o'zining olimlari, shoir va adiblari bilan nom qozongan. O'z davrida yuksak tamaddun maktabini yaratgan, O'rta Osiyo shahar davlatchiligining ilk namunalaridan biri hisoblangan ko'hna Vardonze qalasini yosh avlodga ming yillik moziy sirlaridan hikoya so'zlovchi boqiy muallim, desak mubolag'a bo'lmaydi. 

– Prezidentimizning o'tgan yil viloyatimizga tashrifi chog'ida, SHofirkonda ham bo'lib, ushbu tumanni rivojlantirish borasidagi tashabbuslari hudud tarixining yangi bosqichiga asos soldi, – deydi Botir Zaripov. – Bundan tashqari, nisbatan qisqa davr ichida “Azteks” singari o'nlab sanoat korxonalari ishga tushirildi. Qazilma konlarni o'zlashtirish, bog'dorchilik va tumanning faqatgina o'ziga xos bo'lgan imkoniyatlardan unumli foydalanish bo'yicha maqsadli dasturlar qabul qilindi. Aynan ushbu tashrif sharofati natijasida tumanda Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan zamonaviy bolalar oromgohi qurilishi jarayonlari olib borilmoqda. 

Ushbu imkoniyatlar samarasini esa bugun foydalanishga topshirilayotgan muhtasham va go'zal o'yingoh misolida ham ko'rish mumkin. 1966 yilda foydalanishga topshirilgan mazkur o'yingoh o'tgan 60 yillikdan ortiq vaqt davomida biror marta tamirlanmagan. O'tgan yili tuman aholisi bilan uchrashganimda bir guruh faollar o'z vaqtida gavjum bo'lgan stadionni tamirlab, yoshlarimizning sport bilan shug'ullanishlariga sharoit yaratishni iltimos qilishgan edi. Qisqa vaqt ichida tuman hokimligi, qolaversa 3-sektor rahbariyati say-harakatlari bilan siz ko'rib turgan fayzli stadion barpo etildi. 

Aytish joizki, o'yingohning aynan shu kunlarda foydalanishga topshirilishining ham ramziy manosi bor. Negaki, kuni kecha Prezidentimiz tomonidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida aholini ommaviy sportga jalb etish hamda ularning jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida topshiriqlar berilgan edi. 

Foydalanishga topshirilayotgan ushbu sport majmuasi yoshlarning nafaqat professional sport bilan shug'ullanishlari, balki aholini sog'lom turmush tarziga jalb etishda ham muhim maskan bo'lib xizmat qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing