28 fev 09:34
Yangiliklar
SHohjahon Ergashev: “28 aprelda chempionlik kamari uchun ringga chiqaman”
Ayni paytda engilmas bokschimiz azo bo'lgan “Salita Promoushens” promouterlik kompaniyasi vakillari bir necha nafar charm qo'lqop ustalari bilan muzokara olib borishyapti.
“Jang sanasi rasman malum bo'ldi. Menga xabar berishlaricha, 28 aprel kuni chempionlik kamari uchun ringga chiqaman. Kelgusi haftada raqibim nomiga oydinlik kiritiladi. Bo'lajak jangga mening boksdagi ilk murabbiyim, yani dadamni ham taklif qildim. Kelasi oy ular AQSHga keladilar”, - dedi Ergashev Olamsport.com saytiga bergan intervyusida.
Malumot uchun, ayni paytda SHohjahon Ergashev dunyo reytingida 12-o'rinni egallab turibdi. Yana bir qozonilajak g'alaba hamyurtimizning kuchli o'ntalikka kirib olishi uchun etarli bo'ladi. Bu esa uning keyingi janglarida jahon chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilish imkoniyatlarini oshiradi.
Fikrlar