23 fev 13:06
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev afsonaviy murabbiy qo'l ostida mashg'ulotlarni boshlaydi
Professional bokschimiz SHohjahon Ergashevning murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ladi.
Nokautchi bokschimiz shu kungacha mashg'ulotlarini mashhur Kronke zalida o'tkazayotgandi. SHohjahon bu zal va unda ishlayotgan murabbiylari bilan xayrlashdi. Endi charm qo'lqop ustamiz afsonaviy murabbiy Freddi Rouch qo'l ostida mashg'ulot o'tkazadi. Rouch filippinlik Menni Pakyaoning 20 yillik murabbiyi hisoblanadi.
"Tez kunda Freddi Rouch bilan hamkorlikni boshlaymiz. Bu masala 80 foizga hal bo'lgan. SHu kungacha birgalikda ishlab kelgan va ringda ham yonimda bo'lgan murabbiy Rik Filips bilan hamkorligimiz davom etadi", - dedi saytimizga bergan intervyusida Ergashev.
Suratdagi murabbiy bilan hamkorlik davom etadi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar