27 fev 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev bilan uchrashuv tashkil qilinadi
Professional ringda mag'lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz SHohjahon Ergashev shu kunlarda yurtimizda bo'lib turibdi.
1 mart kuni soat 10:00 da Toshkent davlat Iqtisodiyot Universitetida charm qo'lqop ustasi ishtirokida tadbir tashkil qilinadi. Unda SHohjahon Ergashev yig'ilganlarga master-klass namoyish etib beradi. SHuningdek, bokschimiz ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Universitet talabalari uchrashuv davomida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin bo'ladi. Mazkur tadbirga ommaviy axborot vositalari xodimlari ham taklif qilinadi.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev shu kungacha professional ringda 16 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar