12 jan 16:52
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashev: "Faoliyatimdagi eng muhim janglardan biriga tayyorman"
Engilmas bokschimiz SHohjahon Ergashev ertangi muhim jangi oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Nasib qilsa ertaga faoliyatimdagi eng muhim janglardan birini o'tkazaman. Bu orqali dunyoning eng kuchli 10 nafar bokschisi orasiga kirib olishim mumkin.
Janga tayyorman. Qo'llab-quvvatlab turinglar. Xudo xohlasa g'alaba qozonib, O'zbekiston bayrog'ini yuqorilarga ko'taraman. Barchaga rahmat", - dedi bokschi.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashevning amerikalik Soni Fredriksonga qarshi jangi ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 8:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
jurnlistlar bormaydimi aqshga, intervyular, vazn o'lchashda ham UZB OAVidan hech kim yo'q!