23 dek 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev Fazliddin G'oibnazarovga qarshi jang qilgan bo'larmidi?
Professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz SHohjahon Ergashev professional ringda o'zbekistonlik bokschilarga qarshi jang qilish istagi yo'qligini aytib o'tdi.
Bokschi bu haqida Daryo.uz saytiga bergan intervyusida aytib o'tdi.
"Fazliddin G'oibnazarovni hurmat qilaman. Zo'r bokschi. Hayotda ham uni juda hurmat qilaman. Zo'r bola. Tarbiyali. Gaplarini ham o'ylab gapiradi. Qattiq mehnat qiladi. SHuning uchun ham Olimpiada chempioni bo'lgan.
U bilan jang? Yo'q. Men xech qachon professional boksda o'zbek bokschilar bilan jang qilishni istamayman. To'g'ri, biz bitta vazndamiz. Qachondir, vaqti kelib qolishi mumkin. Lekin, istamsdim. Prof ringda o'zbekistonliklar bilan jang qilishni istamayman.
Balki havaskor boksda to'qnashuvlarga tayyor bo'lardim. Ammo, professionl ring umuman boshqa", - dedi SHohjahon Ergashev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar