17 noy 12:58
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev kelasi oy Rossiyada jang o'tkazadi
WBA International chempionlik kamari sohibi bo'lib turgan SHohjahon 14 dekabr kuni Andrey Andreevga tegishli "SHkola chempionov" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks kechasida ringga ko'tariladi.
Katta ehtimol bilan raqib braziliyalik bokschi bo'ladi. Hozirda Ergashevning promouterlari ushbu jang yuzasidan muzokara olib borishyapti.
- Braziliyalik bokschi 17ta jangning barchasida g'alabaga erishgan. Men ham 15ta jangda yuz foizlik natija ko'rsatganman. Agar raqib bilan kelisha olsak, 14 noyabr kuni muxlislar ajoyib jangga guvoh bo'lishadi, - dedi Ergashev saytimizga bergan intervyusida.
Malumot uchun, SHohjahon Ergashev professional boksdagi faoliyati davomida 15 ta jang o'tkazib, ularning barchasini o'z foydasiga hal qilgan. 14 ta jangda hamyurtimiz raqiblarini nokautga uchratgan.
Fikrlar