30 jan 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev Mayamida so'nggi bosqich mashg'ulotlarini boshladi
Xabaringiz bor, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan nokautchi bokschimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini 15 fevral kuni AQSHda o'tkazadi.
Ayni paytda Butunjahon boks associaciyasi (WBA) reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan SHohjahon AQSHning Kanzas shtati Malveyn shahridagi Kansas Star Arena majmuasida amerikalik Maykl Foksga qarshi ringga ko'tariladi.
Kechadan charm qo'lqop ustamiz AQSHning Florida shtati Mayami shahrida 15 fevral kungi jangiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini boshladi. Statistikasiga etibor beradigan bo'lsak, SHohjahonning bu galgi raqibi avvalgilarga qaraganda ancha jiddiy ekanligi oydinlashadi. Foks 19ta jangning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar