10 iyu 00:21
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev Moskvada 17-jangini o'tkazdi
Oqshomning markaziy jangi mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan charm qo'lqop ustamiz SHohjahon Ergashev ishtirokida kechdi. Hamyurtimiz o'zining prof ringdagi 17-jangida rossiyalik Maksim CHurbanovga qarshi ringga ko'tarildi. SHohjahon kutilganidek, jangning uchinchi raundida raqibini nokautga uchratdi.
Eslatib o'tamiz, aslida Ergashev bugun Puerto-Riko vakili Danielito Zorrillaga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Zorrilla prof boksda 11 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut)di. Lekin betob bo'lib qolganligi bois Zorilla Moskvaga etib kela olmadi.
SHohjahonning bugungi raqibi rossiyalik 32 yoshli Maksim CHurbanov faoliyati davomida jami 14 ta jang o'tkazgan. Hisobida 8 g'alaba, 4 mag'lubiyat va bir durang bor edi. Bugun u beshinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Fikrlar