28 avg 16:05
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev Moskvada kuchli raqibini nokautga uchratdi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan hamyurtimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi g'alabasini tantana qildi.
SHohjahon Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahridagi “Arbat Arena”da bo'lib o'tgan professional boks kechasida ringga ko'tarildi. Uning raqibi rossiyalik tajribali bokschi Marat Xuzev bo'ldi.
Sakkiz raundga mo'ljalangan jang birinchi raunddayoq yakuniga etdi. Ergashev raqibini nokautga uchratib, profi ringdagi oltinchi g'alabasini tantana qildi. Farg'ona viloyati Beshariq tumanidagi Ropqon boks maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lgan SHohjahon 6ta jangning barchasida muddatidan avval zafar quchgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar