06 mar 13:23
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev muxlislar bilan uchrashdi
Professional boksda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan SHohjahon Ergashev hozirda yurtimizda bo'lib turibdi.
Kecha maishiy elektr jihozlari, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi tashabbusi bilan “Akfa Group” kompaniyasiga qarashli “WIDE TENT SYSTEM” AJda mashhur bokschi SHohjahon Ergashev bilan uchrashuv tashkil etildi.
Engilmas bokschimiz ishtirokida o'tgan tadbirda yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Xususan, ilk murabbiyingiz kim, qaysi jang siz uchun eng og'iri bo'lgan, sizning professional boksdagi kumiringiz kim, professional boksga kirib kelishingizga nima sabab bo'lgan, kabi savollar tadbirni yanada qiziqarli va mazmunli o'tishiga sabab bo'ldi.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar