02 dek 08:05
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev nokautlar seriyasini davom ettirdi
Professional boksda faoliyatini muvaffaqiyatli tarzda davom ettirayotgan SHohjahon Ergashev navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Hamyurtimiz Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida o'tkazilgan professional boks kechasida belaruslik Ilya Reutskiyga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval nihoyasiga etdi. SHohjahon ikkinchi raundda raqibini texnik nokautga uchratdi. Ergashev aslida bugun ugandalik Solomon Bogeraga qarshi ringga chiqishi kerak edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar