14 dek 08:19
Yangiliklar

SHohjahon Ergashev taroziga chiqdi, bugun jang! FOTOGALEREYA
Bugungi jangda nokautchi nomini olgan hamyurtimizga argentinalik Nazareno Gaston Ruiz raqiblik qiladi. Aslida Ergashev ugandalik Badru Lusambiya bilan jang o'tkazishi kerak edi. Lekin jangga uch kun qolganida Badruning Krasnodarga kela olmasligi malum bo'ldi.
Kecha bokschilar tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi. Har ikkala bokschi ham belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Bugun rejaga ko'ra SHohjahon Ergashev va Nazareno Gaston Ruiz o'rtasidagi jang Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanishi kerak.
Malumot uchun, SHohjahon shu kungacha professional ringda 15ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. Bahslarning 14 tasida raqiblarini muddatidan oldin mag'lub etgan. Ruiz esa 49 marotaba ringga ko'tarilgan va ularning 32 tasiga g'alaba qozongan (11 ta nokaut). 17 marotaba imkoniyatni boy bergan (2 ta nokaut).
Bugun Krasnodardagi “Olimp” sport saroyida bo'lib o'tadigan jangda hamyurtimizga g'alaba tilaymiz. SHohjahon ayni paytda o'z vazn toifasida WBA International chempionlik kamari sohibi bo'lib turibdi.
Fikrlar