05 mar 22:42
Yangiliklar
SHohjahon Ergashevga Toshkent shahridan uy sovg'a qilindi FOTO
Avvaliga SHohjahon uchun "Malibu" avtomobili topshirilishi haqida xabar qilingandi. Biroq, bugungi tadbir davomida rejalar o'zgargani va unga avtomobil emas, butun boshli xonadon kaliti sovg'a qilinishi malum bo'ldi.

Tadbir "Real House" qurilish kompaniyasining ofisi oldida tashkil etildi

Bokschimiz OAV xodimlari bilan muloqot qilmoqda

Taqdirlash marosimi bu safar o'zgacha tarzda tashkil etildi. Tadbirga yaxshigina tayyorgarlik ko'rilgani bilinib turgandi

Tadbir davomida o'ziga xos ko'rgazmali chiqish namoyish etildi: suratda kichik SHohjahon Ergashev

U amerikalik Maykl Foksni mag'lubiyatga uchratdi

Tadbir davomida o'zbek boksi afsonalaridan biri Muhammadqodir Abdullaevga zarbop cho'pon kiydirildi va maxsus sertifikat taqdim etildi

Tadbirni sportimiz fidoyilaridan biri Sardor Toshxo'jaev olib bordi

"Real House" kompaniyasi rahbari, O'zbekiston professional boks federaciyasi raisi Isroil Yunusov o'zining eng samimiy tilaklarini bildirib o'tdi

SHundan so'ng bokschimizga "Real House" uylaridan birining kaliti taqdim etildi

SHohjahon ko'rsatilgan etibor uchun o'z minnatdorchiligini bildirib o'tdi

Tadbirda O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova mehmon bo'ldi

"Xech kimga bermaymiz seni O'zbekiston"
Yaqin soatlar ichida taqdirlash marosimidan video etiboringizga havola etiladi.
Aziz To'xtamurodov tayyorladi
Fikrlar