11 jan 16:10
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning jangi to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi
Xabaringiz bor, nokautchi bokschimiz SHohjahon Ergashev shu hafta o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Professional ringda 11ta jang o'tkazib, ularning barchasida raqiblarini nokautga uchratgan SHohjahonning bu safargi raqibi mezbon bokschi Soni Fredrikson bo'ladi.
"Sport-TV" telekanali xodimlarining OLAMSPORT.COM saytiga malum qilishlaricha, ushbu jang telekanal orqali to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jang AQSHda 12 yanvar, Toshkent vaqti bilan esa 13 yanvar kuni ertalab 07:30dan so'ng boshlanishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar