21 dek 11:09
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi malum, raqib engilmas bokschi!
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan professional bokschimiz SHohjahon Ergashev o'zining navbatdagi jangi qachon va kimga qarshi o'tkazishini malum qildi.
Saytimiz uchun bergan intervyusida SHohjahon 23 fevral kuni ringga chiqishini aytdi.
- Yangi yil bayramini O'zbekistonda o'tkazib, keyin Amerikaga jo'nab ketaman. Rejaga ko'ra, 23 fevral kuni AQSHning Nyu-York shahrida ringga ko'tarilaman. Raqibim o'zim singari mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Maykl Foks bo'ladi. U faoliyati davomida o'tkazgan 19ta jangining barchasida g'alaba qozongan, - dedi Ergashev bizga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon Ergashev o'zining hozircha so'nggisi bo'lib turgan jangini 14 dekabr kuni Rossiyaning Krasnodar shahrida argentinalik Nazareno Gaston Ruizga qarshi o'tkazib, raqibini jangning 18-soniyasida nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar