16 noy 07:12
Yangiliklar

SHohjahon Ergashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum bo'ldi
Unga ko'ra, professional boksda mag'lubiyatsiz odimlayotgan SHohjahon navbatdagi jangini 10 yanvar kuni AQSHda, Atlantik Sitida o'tkazadi. O'sha kuni Ergashevga amerikalik Keyt Xanter raqiblik qiladi.
Malumot uchun, SHohjahon shu kungacha prof ringda 17 ta jang o'tkazgan va ularning barchasini g'alaba bilan yakunlagan (15 ta nokaut). Xanter esa prof boksda 11 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'olib bo'lgan (7 ta nokaut). Agar SHohjahon mazkur jangni o'z foydasiga hal qilsa, WBA yo'nalishi chempioni Mario Barriosga qarshi ringga ko'tarilishi mumkin bo'ladi.
Qayd etish lozimki, Xanter shu yil aprel oyida boshqa bir hamyurtimiz Sanjarbek Rahmonovga qarshi jang qilgan va g'alaba qozongandi.
Eslatib o'tamiz, SHohjahon 13 noyabr kuni Greciyadagi jang oqshomida ringga ko'tarilishi lozim edi, ammo malum sabablarga ko'ra mazkur jang tashkil etilmadi.
Fikrlar