17 jan 13:10
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning navbatdagi jangi qachon?
Professional boksda mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini aprel oyida o'tkazishi mumkin.
Bu haqida uning menejeri Oleg Bogdanov aytib o'tdi.
"O'tgan jang SHox uchun juda muhim edi. U nafaqat yorqin g'alabani qo'lga kirita oldi, balki ShowTime translyaciyasi bo'yicha ham o'zini ko'rsatdi. Bu juda muhim. Uning navbatdagi jangini aprel oyida o'tkazamiz. Yil oxiriga borib esa Ergashev chempionlik kamari uchun asosiy davogarga aylanadi", - dedi Bogdanov.
Eslatib o'tamiz, bokschimiz 13 yanvar kuni AQSHda mezbon bokschi Soni Fredriksonni nokautga uchratib, faoliyatidagi 12-g'alabani qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar