16 fev 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning navbatdagi jangi yakunlandi
Professional bokschimiz SHohjahon Ergashev AQSHda bugun o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
Kanzas shtati, Malveyn shahrida tashkil qilingan jang oqshomida hamyurtimiz engilmas mezbon bokschi Maykl Foksga qarshi ringga ko'tarildi.
Jang to'liq 10 raund davom etdi va SHohjahon yakunda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.
Malumot uchun, SHohjahonning prof ringdagi janglari soni 16 taga etdi. U bungacha o'tkazgan janglarining barchasida g'alaba qozongan (14 ta nokaut). Maykl Foks esa professional boksda 19 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongandi. Bugun u prof ringda ilk marotaba mag'lubiyatga uchradi.
Birozdan so'ng bokschimizning jangidan video etiboringizga taqdim etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar