05 dek 17:00
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi malum, u AQSHda engilmas bokschiga qarshi jang o'tkazadi
Nokautchi bokschimiz SHohjahon Ergashev 12 yanvar kuni AQSHda navbatdagi jangini o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
SHohjahonning saytimizga malum qilishicha, u 12 yanvar kuni mezbon bokschi Soni Fredriksonga qarshi ringga chiqadi.
"Navbatdagi raqibim Soni Fredrikson bo'ladi. Agar uni mag'lub eta olsam dunyo reytingida kuchli 15talikka kirib olishim mumkin bo'ladi", - dedi bokschi.
Malumot uchun, amerikalik bokschi faoliyati davomida 18 marotaba jang qilgan va ularning barchasini g'alaba bilan yakunlagan. Janglarning 12tasida u raqiblarini nokaut evaziga mag'lub etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar