12 jan 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning vazn o'lchash marosimida janjal kelib chiqdi + VIDEO
Xabaringiz bor, ertaga bokschimiz SHohjahon Ergashev AQSHda navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ushbu jang oldidan vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tgani haqida xabar qildik. Malum bo'lishicha, vazn o'lchash marosimida janjal kelib chiqqan.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz o'zining prof ringdagi 12-jangini AQSHning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida o'tkazadi. SHohjahonning raqibi amerikalik engilmas bokschi Soni Fredrikson (18-0, 12 KOs) bo'ladi.
Malumot uchun, amerikalik bokschi faoliyati davomida 18ta
jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alabaga erishgan. O'n ikkita jangda raqiblarini
nokautga uchratgan. SHohjahon Ergashev esa 11ta jangining barchasini muddatidan avval
nokaut bilan yakunlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar