So’nggi yangiliklar

21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0 12:58Осиё кубоги. Қизларимиз тарихий натижа қайд этишди 0

08 iyu 22:19
Yangiliklar

Boks/MMA

SHohjahon raqib nima uchun o'zgarganiga izoh berdi

Xabar berganimizdek, ertaga faoliyatidagi 17-jangini o'tkazuvchi professional bokschimiz SHohjahon Ergashevning raqibi o'zgardi.

CHarm qo'lqop ustamiz saytimizga bergan intervyusida nima uchun ushbu kutilmagan o'zgarish amalga oshganiga izoh berdi.

- Voqealar rivoji bunday keskin o'zgarib ketishini kutmagandik. Menejer va promouterlarim uchun ham bu kutilmagan syurpriz bo'ldi. Afsuski, jangga oz muddat qolganida raqibim betob bo'lib qoldi. 

Natijada Danielito Zorrillaning jamoasi Moskvaga kelmaslikka qaror qildi. Biz zudlik bilan boshqa raqib izladik va Maksim CHurbanov variantida to'xtaldik. Bunday qisqa vaqtda kuchli raqib topishning imkoni yo'q edi. 

Eng yomoni shundaki, jang uchun chiqarilgan chiptalar allaqachon sotib bo'lingandi. Ringga chiqmasligimning imkoni yo'q edi. Nasib qilsa, ertaga chiroyli g'alabam bilan muxlislarni xushnud etaman. Bo'lib o'tgan ko'ngilsiz holat uchun barchadan uzr so'rayman, - dedi Ergashev. 

Eslatib o'tamiz, SHohjahonning yangi raqibi 32 yoshli Maksim CHurbanov rossiyalik bokschi bo'lib, faoliyati davomida jami 13 ta jang o'tkazgan. Hisobida 8 g'alaba, 4 mag'lubiyat va bir durang bor. Bir marotaba nokautga uchragan. 

Reyting: -3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing