05 mar 14:15
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon yangi murabbiy bilan hamkorlik qilishga yaqin turibdi
Professional bokschimiz SHohjahon Ergashev yangi murabbiy bilan ishlaydi.
Malum bo'lishicha, u meksikalik murabbiy Abel Sanches bilan hamkorlik qiladi. Malumot uchun, Abel Sanches Gennadiy Golovkin, Lupe Akino, Terri Norris va Murat Gassiev kabi bokschilar bilan ham faoliyat olib borgan.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun oldin SHohjahon Ergashev saytimizga bergan intervyusida Freddi Rouch bilan ishlashi haqida malum qilgandi. Biroq, ko'rinishidan bokschimizning rejalari o'zgargan.
"Ha, Abel Sanches bilan birga ishlayman. Yaqin kunlarda AQSHga jo'nab ketaman", - dedi Ergashev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar