30 iyu 10:17
Yangiliklar

SHohjahondan mag'lub bo'lgan Fredrikson markaziy jang oldidan taroziga chiqdi + FOTO
Ushbu boks kechasi Bob Arumga tegishli Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda. Bugun esa ishtirokchilar ananaviy tarzda tarozidan o'tish marosimida ko'rinish berishdi.
Markaziy jang birinchi yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi va unda chempionlik kamari uchun sobiq davogar Aleks Sausedo hamda Sonni Fredrikson o'zaro to'qnash keladi. Sausedo 140,8 funt (63,9 kg), uning raqibi Fredrikson esa 140,9 funt (63,9 kg) tosh bosdi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz SHohjahon Ergashev amerikalik Sonni Fredriksonni uchinchi raunddayoq texnik nokautga uchratib, raqibiga ilk mag'lubiyatni taqdim etgandi.
Qolgan ishtirokchilarning tarozi natijalari:
Josu Vargas (63,7 kg) — Salvador Briseno (138,2 / 62,7)
Jon Bausa (63,2) — Lourens Frayers (63 kg)
Donte Stabbs (72,7) — Ayziya Jons (72,3).
Fikrlar