08 jan 11:23
Yangiliklar

SHohjahonning AQSHdagi jangiga 4 kun vaqt qoldi
Hamyurtimiz 12 yanvar kuni o'zining prof ringdagi 12-jangini AQSHning Nyu-York shahridagi Turning Stone Resort Casino arenasida o'tkazadi. SHohjahonning raqibi amerikalik engilmas bokschi Soni Fredrikson (18-0, 12 KOs) bo'ladi.
“Fredrikson kuchli bokschi. Men kabi barcha janglarini g'alaba bilan yakunlagan. Agar jangda g'alaba qozonsam, reytingda kuchli o'ntalikka kirib olaman. Bu esa keyingi janglarimda chempionlik kamari uchun ringga chiqishim mumkinligini anglatadi”, - dedi Ergashev.
Malumot uchun, amerikalik bokschi faoliyati davomida 18
marotaba jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alabaga erishgan. O'n ikkita
jangda raqiblarini nokautga uchratgan. SHohjahon esa 11ta jangining barchasini
muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan.
Fikrlar