09 mar 09:50
Yangiliklar

SHon O'Melli qaytish sanasi va raqibini malum qildi
U o'zining navbatdagi jangini 7 may kuni Finiksdagi UFC 274 turniri doirasida o'tkazadi. SHon super engil vazn toifasida Pedro Munosga qarshi jang o'tkazishni rejalashtirmoqda. Pedro reytingda kuchli o'ntalikda bormoqda.
Bu haqda u o'z muxlislariga Twitch platformasidagi jonli efirida malum qildi.
"Men UFC 274 turnirida jang qilaman. O'ylaymanki, raqibim Pedro Munos bo'ladi. Ko'ramiz hammasi qanday yakun topar ekan", - degan O'Melli.
27 yoshli SHon O'Melli so'nggi jangida Raulian Payvuni texnik nokautga uchratdi. Uning g'alabali seriyasi uchta jangdan iborat bo'lib turibdi. U hozirda UFC reytingida 12-o'rinni egallab turibdi. 35 yoshli Pedro esa ketma-ket ikkita jangda Xose Aldo va Dominik Kruzga yutqazib qo'ydi.
Fikrlar