24 iyu 13:05
Yangiliklar
Boks/MMA

SHon Porter Errol Spensga qarshi jang o'tkazishini tasdiqladi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni SHon Porter kuzda birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkazishini tasdiqladi.
Porter ushbu vaznda IBF chempioni Errol Spensga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tariladi. Jang pullik tizimda Fox telekanalida translyaciya qilinadi.
"Keyingi jangimni Errol Spensga qarshi o'tkazaman, - dedi Porter. - Faqat hozir aniq jang sanasini bilmayman. Lekin jang sanasini aniq bo'lgan. Buni mendan sir saqlashyapti. Jang WBA va IBF chempionlik kamarlari uchun kechadi. Ikkimizdan birimiz ikki yo'nalish chempioniga aylanamiz",
The Athletic portalining xabar berishicha, jang sentyabr oyida AQSHning Bruklin shahrida bo'lib o'tadi.
Havola :
Fikrlar