26 apr 16:46
Yangiliklar
Boks/MMA

SHort-list qisqardi, ikki nafar raqib qoldi
Xabaringiz bor, 1 iyun kuni superog'ir vaznda uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshua Nyu-York shahrida ringga ko'tariladi.
Britaniyalik jahon chempioni uchun taqdim etilgan short-list oltitadan ikkitaga qisqardi. Bu haqida bokschining promouteri Eddi Xirn xabar berdi.
"Menga Endi Ruis va Maykl Xanterning janglari yoqadi. Ular Joshuaga jiddiy raqib bo'la oladi, deb o'ylaman. Ruis juda kuchli bokschi, uning qo'llari juda tezkor. Xanterning texnikasi yuqori, bunday bokschilarni oson yutib bo'lmaydi", - deya fikr bildirgan Xirn.
Havola :
Fikrlar