24 apr 12:46
Yangiliklar
Boks/MMA

SHort-listda olti bokschi, Joshua kimga qarshi jang qiladi?
Uchta yo'nalish chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn mijozi uchun olti bokschidan iborat short-listni malum qildi.
Ushbu ro'yxatdan Endi Ruis, Luis Ortis, Maykl Xanter, Manuel CHarr, Trevor Brayan va Agit Kabayel joy olgan. Britaniyalik jahon chempioni nomlari keltirilgan bokschilarning biriga qarshi ringga ko'tariladi.
Ekspertlarni fikricha, Entoni Joshua 1 iyun kungi jangda juda katta ehtimol bilan kubalik Luis Ortis (31-1,26 KO) yoki Maykl Xanter (16-1,11 KO) bilan to'qnash keladi va kamarini himoya qiladi.
Havola :
Fikrlar