26 avg 08:37
Yangiliklar
Boks/MMA

SHotlandiyaning o'yini sabab chempionlik jangi sanasi o'zgardi
Professional boksning birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni shotlandiyalik 33 yoshli Rikki Berns ilk majburiy himoya jangini o'tkazadi.
Uning raqibi belaruslik 26 yoshli Kirill Relix bo'ladi. Aynan Relix WBA reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. Bernsning promouteri Eddi Xirnning aytishicha, jang avvaliga 8 oktyabr kuniga belgilangandi.
Lekin aynan 8 oktyabr kuni futbol bo'yicha SHotlandiya terma jamoasi Litvaga qarshi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi uchrashuvni o'tkazadi. SHu bois, jang bir kun oldinga, 7 oktyabr sanasiga ko'chirildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar