23 iyu 09:43
Yangiliklar

SHov-shuv ko'targan qozoq tennischi Galleda ikkinchi bor chempion bo'ldi
Terra Wortmann Open turnirining hal qiluvchi final uchrashuvida qozog'istonlik Aleksandr Bublik dunyoning 11-raketkasi, rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqdi. ATP reytingida 45-pog'onani egallab turgan Bublik avvaliga dunyoning birinchi raketkasi, keyin esa qolgan nomdor raqiblarini mag'lub etib, yakunda chempion bo'ldi.
Sakson bir daqiqa davom etgan final bahsida Bublik Medvedevni 6/3, 7/6(4) hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Qozog'istonlik tennischi ettinchi uchrashuvga kelib ilk bor Daniildan ustun keldi. Bundan avvalgi o'zaro uchrashuvlarning oltitasida Medvedev g'alaba qozongandi - 1:6.
Qizig'i, ikkala tennischi ham finalda 11 tadan eys zarbasini ijro etishgan. Bublik faoliyatidagi beshinchi ATP sovrinini qo'lga kiritdi. U Galle turnirida ikkinchi marotaba chempion bo'ldi. Terra Wortmann Open turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok Bublikka 500 reyting ochkosi va 471,755 evro mukofot puli keltirdi. Medevedev esa qatorasiga beshinchi finalini ham boy berdi.
Fikrlar