28 noy 15:12
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/23564_220.jpg)
"Showtime" Meyvezerning ringga qaytishini inkor qildi
"Showtime Sports" kompaniyasi rahbari Stiven Espinoza beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni engilmas Floyd Meyvezerning faoliyatini qayta tiklashi haqida tarqatilgan xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
Amerikaning TMZ nashri Floydning yaqin insonlariga mashg'ulotlarni muntazam o'tkazayotgani va bu bilan faoliyatini qayta tiklash istagi borligi haqidagi xabarni keng ommaga oshkor etgandi.
Aynan TMZ nashriga intervyu bergan Espinoza bu xabar asossiz ekanligini urg'uladi: “Men bunday fikrda emasman. Floyd o'zini boksdan tashqarida yaxshi xis qilyapti. U ortiq ringga chiqmaydi”.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar