22 sen 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

SHoxasan Mirzamatov Mahmud Muradovning ligasi bilan shartnoma imzoladi
MMAchimiz SHoxasan Mirzamatov Mahmud Muradovga tegishli tashkilot bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda liganing Instagram sahifasi orqali xabar qilinmoqda.
“Biz kelajagi porloq, umidli jangchi bilan shartnoma imzoladik. SHoxasan Mirzamatov ligamiz jangchisiga aylandi va tez orada - 22 oktyabr kuni "O'zbekiston" sport majmuasida MPL (Muradov Professional League) turniri doirasida bizning jamoamizdagi ilk jangini o'tkazadi. Biz jangchilarga o'zlarini ko'rsatib avval chiqishi qiyin bo'lgan darajaga ko'tarilish imkoniyatini beramiz”, - deyiladi xabarda.
SHoxasan Mirzamatov so'nggi jangini 18 sentyabr kuni Olma-Otada ukrainalik Maksim Sorokovga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Malumot uchun, 22 oktyabr kunida bo'ladigan turnir MPLning ilk musobaqasidir.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar