21 apr 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA
SHukurjon Rahimov Osiyo chempionatida ringga chiqdi
Bangkok shahrida davom etayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionatining kechki dastur janglari boshlandi.
Hozirgina bugungi dastur doirasida jang o'tkazishi kerak bo'lgan so'nggi charm qo'lqop ustamiz SHukurjon Rahimov o'z bahsini yakunladi. -60 kg vazn toifasidagi yurtdoshimiz yamanlik Ahmad Nasim Hussaynga qashi ringga ko'tarildi.
Uch raund davomida katta tashabbusga ega bo'lgan charm qo'lqop ustamiz raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi. SHukurjon uchinchi raundda Ahmadni ikki bor nokdaun holatiga ham tushirib qo'ydi. Bu Rahimovning ikkinchi g'alabasi bo'ldi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar