25 apr 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/64603_220.jpg)
SHukurjon Rahimov yarim final jangini o'tkazdi
Tailandning Bangkok shahrida o'tkazilayotgan boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionatining yarim final janglari davom ettirilmoqda.
Hozirgina kunning ikkinchi yarmidagi janglar boshlandi. Hamyurtimiz SHukurjon Rahimov bokschilarimizning ishtirokini boshlab berdi. -60 kg vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz mo'g'ulistonlik Tsendbaatar Erdenebatga qarshi ringga ko'tarildi.
SHiddatli kechgan uch raundlik jang yakunida SHukurjon raqibiga ochkolar hisobi bo'yicha imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan kifoyalandi. Rahimov finalga chiqqan o'zbekistonlik to'rtinchi bokschi bo'lishi mumkin edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Omad yor bo‘lsin!