22 apr 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

SHumenov jarohat oldi, chempionlik jangi qoldiriladi
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni qozog'istonlik Beybut SHumenov mashg'ulot chog'ida jarohat oldi.
Buning natijasida uning yarim og'ir vazn toifasida WBA Regular chempioni kubalik Yuner Dortikosga qarshi o'tkazadigan chempionlik jangi nomalum muddatga qoldirildi.
Aslida mazkur birlashtiruvchi chempionlik jangi 29 aprel kuni o'tkazilishi kerak edi. 33 yoshli qozog'istonlik bokschi mashg'ulot chog'ida ko'zidan jarohat oldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar