18 may 12:22
Yangiliklar
Boks/MMA

SHunchaki bravo! Toni mashg'ulotlarga qaytdi
Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC kamari sohibi Toni Fergyuson jiddiy jarohatdan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytdi.
Bu haqida Tonining jiu-jitsu bo'yicha murabbiyi Eddi Bravo malum qildi.
“Kecha Toni bilan gaplashdim, u menga mag'lubiyatga ikki marta vazn tashlash sabab bo'lmaganini aytdi. Fergyuson kechadan mashg'ulotlarni boshladi. Bugun ham mashg'ulot olib boryapti. U tez orada yana qaytadi”, - dedi Bravo.
Eslatib o'tamiz, Toni 9 may kuni bo'lib o'tgan UFC kechasida ko'pchilik uchun kutilmagan holda Jastin Getjiga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar