22 apr 17:09
Yangiliklar
Boks/MMA

SHunqor Abdurasulov iordaniyalik bokschiga yutqazdi
Tailandda o'tkazilayotgan boks bo'yicha Osiyo chempionati biz uchun kutilmagan suratda davom eta boshladi.
Hasanboy Do'smatovdan so'ng ikkinchi bokschimiz ham qita chempionatidagi o'z ishtirokini yakunladi. -64 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHunqor Abdurasulov kutilmaganda chorak final jangida iordaniyalik Muhammad Alkasbexga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
SHu tariqa, ikkinchi charm qo'lqop ustamiz ham Osiyo chempionatining medalisiz qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar