30 apr 12:04
Yangiliklar
Shymkent Challenger 2. Fominni "sochib" tashlashdi, ikkinchi setda "suxoy" qayd etildi
Bu hafta uchun mo'ljallangan mukofot jamg'armasi 63 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi Shymkent Challenger 2 turnirida 25 yoshli hamyurtimiz ham o'z omadini sinab ko'rdi. Fomin ilk davrada niderlandiyalik 30 yoshli Yelle Selsni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Afsuski, biroz avval yakuniga etgan 1/8 final bahsida hamyurtimiz germaniyalik Maks Gans Rebergga 2/6, 0/6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Tennischimizning kortda kayfiyatsiz, ishtiyoqsiz, juda og'ir harakat qilganini ko'rish mumkin. Juda g'alati mag'lubiyat. Fomin bu o'yinga umuman tayyor emas ekan.
Taqqoslash uchun, Sergey Fomin ATP reytingida 359, 22 yoshli Maks Gans Reberg esa 641-o'rinni egallab turibdi. Oltmish to'rt daqiqa davom etgan uchrashuvda Sergey 6 ta qo'shxatoga yo'l qo'ydi, bironta ham eys zarbasini amalga oshira olmadi. Reberg esa aksincha, umuman qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Uchta eys zarbasini ijro etdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Fikrlar