23 apr 18:34
Yangiliklar
Shymkent Challenger. Fomin kambek evaziga 1/2 finalga chiqdi
Mukofot jamg'armasi 63 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnirda mamlakatimizning birinchi raketkasi Sergey Fomin ham muvaffaqiyatli odimlamoqda. Hamyurtimiz biroz avval 1/4 final bahsida germaniyalik Maks Viskandtni irodali tarzda, kambek evaziga mag'lubiyatga uchrata oldi - 1/6, 6/3, 6/3.
Bu olmon tennischisi kecha 1/8 finalda turnirning ikkinchi raketkasi, belgiyalik Armaud Bayllini 7/5, 6/3 hisobida engib, musobaqadan chiqarib yuborishga muvaffaq bo'lgan edi.
Taqqoslash uchun, Fomin ayni paytda ATP reytingida 359, Viskandt 686-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bugungi bahs 1 soatu 56 daqiqa davom etgan. Ertaga Sergey turnirning to'rtinchi raketkasi, Bosniya va Gercegoviniya vakili 21 yoshli Andrey Nedichga qarshi final chiptasi uchun kortga chiqadi.

Fikrlar