10 sen 08:35
Yangiliklar
Sindarov Alireza Firuzdjani mag'lub etdi, jamoasi hamon peshqadam!
Unda o'z tarkibiga yulduz shaxmatchilarni jamlagan oltita jamoa g'oliblik yo'lida bahs olib bormoqda. Hamyurtimiz Javohir Sindarov musobaqaning bu yilgi mavsumida Fyers American Gambits jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Javohirning jamoasida qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva, rossiyalik Danil Dubov, hindistonlik Nihal Sarin, franciyalik Mark-Andria Mauricci hamda ispaniyalik xalqaro master Sara Hadem ham bor. Sindarov jamoasining birinchi — Icon taxtasida dona surmoqda.

Tech Mahindra Global Chess League turnirining navbatdagi kuni Javohir Sindarov sardorligidagi Fyers American Gambits jamoasi muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Bu safar franciyalik taniqli grossmeyster Alireza Firuzdja boshchiligidagi Triveni Continental Kings jamoasi 8:5 hisobida taslim etildi. Birinchi doskada Sindarov Firuzdjani taslim etdi va jamoasiga muhim g'alabani olib berdi. Boisi, qolgan qarama-qarshiliklarning barida durang natija qayd etildi.

Bugungi tur uchrashuvlari oldidan Sindarov boshchiligidagi Fyers American Gambits 12 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra peshqadamlikni saqlab qoldi. Magnus Karlsen boshchiligidagi Alpine Apl Pipers jamoasi hisobida ham 12 ochko bor va bu klub ikkinchi pog'onadan joy olgan. Ganges Grandmasters jamoasi 12 ochko bilan kuchli uchlikka yakun yasagan.

Bugun Fyers American Gambits Ganges Grandmasters jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Birinchi doskada Javohir Sindarov rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona suradi. Raqib jamoa tarkibida amerikalik grossmeysterlar Levon Aronyan va Lener Dominges ham bor.

Fikrlar